• 7 подушек безопасности
  • ABS - антиблокировочная тормозная система
  • ESP (Система курсовой устойчивости)
  • EBD- система распределения тормозных усилий
  • TSC- противобуксовочная система
  • Датчик света
  • Система мониторинга давления в шинах
  • Камеры кругового обзора
  • Передние датчики парковки
  • Датчик дождя
  • Система автоматического торможения
  • Система обнаружения пешеходов
  • Система предупреждения о возможном фронтальном столкновении
  • Система предупреждения о поперечном движении сзади при выезде с парковки
  • Удержание полосы движения
  • Мониторинг слепых зон
  • Система помощи при старте в гору
  • TSC Система стабилизации автомобиля с прицепом
  • Центральный замок
  • Дистанционное управление центральным замком
  • Сигнализация
  • Защита двигателя снизу
  • Третий ряд сидений
  • Переключатель режимов езды
  • Система Stop/Start (с функцией отключения)
  • Кожаная отделка интерьера
  • Перфорированная кожа сидений
  • Регулируемая по высоте и вылету рулевая колонка
  • Электрорегулировка руля
  • Передние и задние электростеклоподъемники
  • Климат-контроль
  • Рулевое колесо обтянутое кожей
  • Круиз-контроль
  • Панорамный люк
  • Бесключевой запуск двигателя
  • Бесключевой доступ в салон
  • Электрорегулировка передних сидений
  • Электрорегулировка поясничного подпора водительского сидения
  • Электрорегулировка поясничного подпора переднего пассажирского сидения
  • Сидения второго ряда раздельные
  • Сидения второго ряда совмещенные (диван)
  • Память настроек водительского сидения и зеркал
  • Память настроек переднего пассажирского сидения
  • Память настроек рулевой колонки
  • Светочувствительное зеркало заднего вида
  • Электромеханический стояночный тормоз
  • Центральный подлокотник спереди
  • Задний подлокотник
  • Воздуховоды в центральном подлокотнике для задних пассажиров
  • Электропривод складывания третьего ряда сидений
  • Розетка 220 В
  • Встроенный пульт дистанционного управления открытием ворот или гаражных дверей
  • 8 дюймовый цветной дисплей в панели приборов
  • 10 дюймовый цветной дисплей аудиосистемы
  • 9 динамиков
  • Apple Car Play/ Android Auto
  • Навигация / Navigation
  • Bluetooth
  • Управление аудиосистемой на руле
  • Информационно-развлекательная система для задних пассажиров
  • Аккустическая система премиального уровня
  • Колесные диски 22"
  • 17-дюймовая легкосплавная запасное колесо
  • Электропривод двери багажного отделения
  • Интеллектуальное открытие двери багажника
  • Зеркала заднего вида с подогревом, электроскладыванием
  • Чёрная хромированная радиаторная решетка
  • Сигнал поворота в зеркалах заднего вида
  • Светопоглощающие стекла
  • Лобовое стекло и стекла передних дверей с акустической изоляцией, ламинированные
  • Светодиодные дневные ходовые огни
  • Светодиодные фары
  • Интеллектуальное управление дальним светом фар
  • Светодиодные задние огни
  • Тонированные задние стекла
  • Подножки
  • Рейлинги

Yangi avtomobil bo‘yicha kafolat

 

Ishlab chiqaruvchi avtomobilning to'liq, uning barcha qismlari, tarkibiy qismlari va agregatlarining ishonchli ishlashini kafolatlaydi, shuningdek Ishlab chiqaruvchining aybi tufayli kafolat muddati mobaynida ishlamay qolsa, ularni bepul ta'mirlab beradi, agarda avtomobil egasi Avtomobildan foydalanish qo'llanmasida hamda Texnik xizmat ko'rsatish reglamentida ko'rsatib o'tilgan foydalanish va parvarishlar qoidalariga amal qilgan bo'lsa.

Kafolat majburiyatlari vakolatli dilerlar tomonidan amalga oshiriladi. Kafolat bo'yicha shikoyatlar ko'rib chiqilishi uchun darhol vakolatlangan dilerga xabar berilishi kerak. Dilerga avtomobil bilan birgalikda mazkur (avtomobilni sotib birinchi ro'yxatga olgan vakolatlangan diler tomonidan to'ldirilgan, imzolangan va muhrlangan) Servis kitobchasi taqdim qilinishi lozim.

Kafolat muddati davomida nosozliklarni bartaraf etish jarayonida, vakolatlangan diler avtomobilning soz holatini tiklaydi. Asosiy kafolat bo'yicha ta'mirlash ishi nosoz bo'lgan qismlarni ta'mirlash yoki almashtirish bilan cheklanadi. Texnik nosoz bo'lgan avtomobildan foydalanish natijasida avtomobilning nosozligi yoki buzilishi bilan bog'liq bo'lgan barcha xavflar Avtomobilning egasiga yuklanadi. Kafolat davrida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bajarilganda, faqat vakolatlangan dilerlardan sotib olingan firmaviy, asl ehtiyot qismlaridan foydalanish lozim.

 

Kafolat davri

 

Kafolat vakolatli dilerlar orqali sotilgan avtomobillarga taalluqli bo’ladi va normal sharoitlarda foydalaniladigan avtomobillar uchun, qaysi biri avvalroq yuz berishiga qarab, avtomobilning egasi tomonidan qabul qilinishi kunidan boshlab 36 oyni, yoki jami bosib o‘tilgan 100000 km yo‘lni tashkil etadi.

Kafolat faqat muayyan avtomobilgagina taalluqli sanaladi uning egasiga esa shaxsan bog‘liq bo‘lmaydi. Avtomobilning sotilishida sotuvchi servis kitobchasini yangi egasiga topshirishi va vakolatlangan dilerning muhrini qo‘yishi, hamda yangi egasining ma’lumotlarini servis kitobchasiga kiritishi shart. Kafolat davri mobaynida avtomobilning yangi egasi servis kitobchasida ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchining barcha talablari bajarilishi sharti bilan, kafolatga ega bo‘lish yuzasidan xuddi shunday huquqlarga ega bo‘ladi.

 

Kafolatning shartlari

 

1. Mazkur kafolat avtomobilning Egasi tomonidan qabul qilinishi kunidan boshlab 36 oy davomida, ushbu davr ichida o‘tilgan yo‘l jami 100000 km o‘tilgan yo‘ldan oshmasligi, hamda avtomobilga ilova qilingan Foydalanish qo‘llanmasida bayon etilgan foydalanish va parvarish qilish qoidalariga qat’iy rioya qilinganligi sharti bilan amal qiladi.

2. Kafolat e’tirozi har qanday vakolatlangan dilerga darhol bildirilishi lozim. Avtomobil bilan birgalikda, dilerga (birinchi ro‘yxatdan o‘tishda vakolatlangan, avtomobilni sotgan diler tomonidan to‘ldirilgan, imzolangan va muhri qo‘yilgan) Servis kitobchasi taqdim etilishi lozim. Nosozliklarni bartaraf etish, ta’mirlash va davriy texnik xizmat ko‘rsatish uchun avtomobilning Egasi o‘z davlatidagi har qanday vakolatlangan dilerga murojaat qilishi mumkin..

3. Kafolatning shartlari amaldagi va bo‘lg‘usi qonunchilikka muvofiq qo‘llanishi kerak. Kafolat e’tirozining qabul qilinishi sharti: to‘g‘ri to‘ldirilgan Servis kitobchasining taqdim etilishidir. Kafolat davrida nosozlikni bartaraf etish jarayonida, vakolatlangan diler avtomobilning soz holatini tiklaydi. Asosiy kafolat ta’mrlanishi nosoz bo‘lgan detalni ta’mirlash yoki almashtirish bilan cheklanadi. Nosozlikning belgilari aniqlanganda, avtomobilning Egasi vakolatlangan dilerga kafolat e’tirozi bilan darhol murojaat qilishi lozim.

 

Texnik nosoz bo‘lgan avtomobildan foydalanish natijasida yuzaga kelgan avtomobilning nosozliklari yoki buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xavf-xatarlar avtomobilning Egasiga yuklatiladi.

 

Kafolat ta’mirlashda o‘rnatilgan detallarga, umuman yangi avtomobil kabi, xuddi shunday kafolat taalluqli bo‘ladi (ya’ni kafolat bo‘yicha almashtirilgan detallar uchun kafolat davri avtomobil bo‘yicha kafolat tugaganda, tugaydi), 11 –bandida sanab o‘tilgan komponentlar (asosiy agregatlar) bundan istisno. Bepul almashtirilgan detallar vakolatlangan dilerda qoladi.

4. shinalarni ishlab chiqaruvchining kafolat majburiyatlari. Shinalar bo‘yicha kafolat to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun, iltimos, shinalarning mahalliy distribyutoriga murojaat qiling.

 

5. Kafolat davrida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bajarilganda, faqat vakolatlangan dilerlardan sotib olingan firmaviy asl ehtiyot qismlari foydalanilishi lozim.

 

6. Kafolat e’tiroziga bo‘lgan huquq 1-bandida ko‘rsatilgan kafolat davri tugaganidan keyin o‘z kuchini yo‘qotadi.

Agar avtomobilning Egasi kafolat davri mobaynida aniqlangan nosozlik haqida e’tiroz bildirgan bo‘lsa, lekin bunday nosozliklar kafolat muddati tugaguncha bartaraf etilmagan bo‘lsa, bildirilgan nosozliklar bo‘yicha kafolat majburiyatlari, avtomobil bo‘yicha asosiy kafolat muddatining tugashi sanasidan boshlab 6 oydan oshmagan muddatga uzaytiriladi. Ushbu ko‘rsatilgan muddatda kafolat e’tirozini bildirish huquqini saqlab qolish uchun, diler “UzAuto Motors” AJ bilan muammoni tartibga solishning barcha mumkin bo‘lgan yo‘llarini ishlab chiqishi kerak. Muddati tugaganidan keyin ushbu e’tiroz bo‘yicha javobgarlik dilerga o‘tadi.

 

7. Kafolat e’tirozlari o‘z kuchini saqlab qoladi, agar:

- Avtomobilning Egasi avtomobildan Foydalanish qo‘llanmasiga muvofiq to‘g‘ri foydalanish talablariga rioya qilsa;

- Davriy texnik xizmat ko‘rsatishning barcha amallari ushbu Servis kitobchasiga muvofiq vakolatlangan diler tomonidan bajarilgan bo‘lsa;

- Ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amallar Servis kitobchasida qayd etilgan, va tegishli buyurtma-naryadlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa;

- Avtomobil vakolatlangan dilerga ta’mirlash uchun taqdim etilgan bo‘lsa.

 

8.Kafolat ta’mirlashning imkoni boricha qisqa muddatda bajarilishi.

 

9. Kafolat majburiyatlari doirasida avtomobilning:

- Motor;

- Uzatmalar qutisi kabi asosiy agregatlari almashtirilganda, almashtirilgan asosiy agregatlar bo‘yicha kafolat muddati umuman yangi avtomobil bo‘yicha kafolat davrining oxirigacha amal qiladi.

 

10. Kafolat davrida bajarilgan ta’mirlashni tasdiqlash sifatida, vakolatlangan dilerning buyurtma-naryadlari xizmat qiladi. Ushub hujjatlar Servis kitobchasiga ilova bo‘ladi. Kafolat ta’mirlanishi va odatdagi ta’mirlash Servis kitobchasida aniq va tushunarli qayd etilishi lozim.

 

11. Mazkur kafolat Egasining iqtisodiy yo‘qotishlarini va qo‘shimcha xarajatlarini qoplash bo‘yicha amal qilmaydi.

 

Bunday xarajatlar quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi:

 

- Vaqtincha foydalana olmaslik;

- Avtomobildan foydalanish noqulayligini qoplash (shuningdek avtomobilni ijaraga olish xarajatlari);

- Avtomobilni saqlash xarajatlari;

- Vaqtni yoki foydani yo'qotganligini qoplash;

- Yashash, ovqatlanish xarajatlari va boshqa yo'l xarajatlari (evakuator xizmati).

 

Kafolat huquqining yo‘qotilishi

 

- Avtomobilga tavsiya etilgan yonilg‘idan farqli yonilg‘i quyiladigan bo‘lsa, va undan foydalanilsa (Foydalanish qo‘llmasida Tavsiya etilgan yonilg‘i bo‘limiga qarang);

- Avtomobil Foydalanish qo‘llanmasida va Servis kitobchasida ko‘rsatilgan barcha muntazam ko‘riklardan va reglamentdagi texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘z vaqtida o‘tmaydigan bo‘lsa, yoki agar ushbu ishlar vakolatlangan diler bo‘lmagan shaxs tomonidan bajarilsa;

- Nosozlik avtomobildan tegishli bo‘lmagan foydalanish, avariya, avtomobilning konstruksiyasiga o‘zgartirishlarni kiritish yoki unga qo‘shimcha jihoz-uskunalarning o‘rnatilishi, Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’qullanmagan avtomobilga qo‘shimcha ishlov berilishi yoki qo‘shimcha jihozlanishi tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilmagan avtomobilning elektron moslamalarining dasturiy ta’minotini almashtirish yoki o‘zgartirish ham kafolatning cheklanishiga olib keladi. (Agar nosozlik yuqoridagi holatlarga tegishli bo‘lsa, kafolat avtomobilning yuqorida ko‘rsatilgan harakatlar ta’sir ko‘rsatgan qismi uchun bekor qilinadi.)

-Avtomobil poyga yoki sport musobaqalari uchun, yoki avtomobilni boshqarishga o‘rgatish uchun foydalaniladigan bo‘lsa.

- Nosozlik tabiiy ofat yoki boshqa yengib bo‘lmas kuchdagi holatlarning (fors-major holatlarining) oqibati bo‘lsa.

- Avtomobilning identifikatsiyalash raqamini (VIN) va/yoki motorning raqamini aniqlash mumkin bo‘lmasa, yoki ular Servis kitobchasida ko‘rsatilgan raqamlarga mos kelmasa.

Kafolat majburiyatlari quyidagi holatlarga taalluqli bo‘lmaydi: teshib o‘tuvchi mexanik shikastlanish, tabiiy eskirish yoki tashqi mexanik va/yoki kimyoviy ta’sirlar tufayli shikastlanish. (Masalan, organik, hayvon yoki organik o‘simlik kelib chiqishdagi materiallarning ta’siri ostida, yo‘l shag‘ali, qum, sanoat ifloslanishi ta’sirida, va hokazo).

Ishlab chiqaruvchining kafolat majburiyatlari amal qilmaydigan holatlar

- Avtomobilning Egasi vakolatlangan diler tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tish paytida aniqlangan nosozlikni bartaraf etish uchun choralar ko‘rmagan bo‘lsa, ta’mirlashni bajarish uchun murojaat qilmagan bo‘lsa yoki sifatsiz ta’mirlash bajarilgan bo‘lsa, yoki ta’mirlash vakolatlangan diler bo‘lmagan shaxs tomonidan bajarilgan bo‘lsa.

- Ta’mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatish dilerlar tarmog‘iga tegishli bo‘lmagan diler tomonidan bajarilgan bo‘lsa.

- Avtomobilda Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’qullanmagan detallar yoki anjomlar o‘rnatilgan bo‘lsa, yoki avtomobilga Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’qullanmagan quyidagi qo‘shimcha ishlov berilgan bo‘lsa, shu jumladan (lekin ular bilan cheklanmagan holda) korroziyaga qarshi ishlov berish, yoki avtomobilning tomidagi tuynuk, tirkamaning farkop moslamasi yoki konditsionirlash tizimi kabi anjom va uskunalar o‘rnatilishi.

- Foydalanish qo‘llanmasida keltirilgan foydalanish, parvarish qilish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tavsiyalar bajarilmagan bo‘lsa, yoki Servis kitobchasida sanab o‘tilgan muntazam tekshirishlar to‘liq bajarilmagan yoki tegishli tarzda tasdiqlanmagan bo‘lsa. Avtomobilning Egasi avtomobilni yetkazib berish paytida aniqlangan nuqsoni haqida, yoki undan keyinroq aniqlangan nuqsoni haqida darhol bildirmagan bo‘lsa, va aniqlangan nuqsonni bartaraf etish uchun vakolatlangan dilerga darhol murojaat qilmagan bo‘lsa.

- Avtomobilning Egasi Foydalanish qo‘llanmasida ko‘rsatilmagan, yoki tegishli sifatiga ega bo‘lmagan moylash materiallaridan, yonilg‘idan yoki boshqa texnik suyuqliklardan foydalangan bo‘lsa.

- Quyida sanab o'tilgan mashina tarkibiy qismlari uchun qisqa muddatli kafolat muddati belgilanadi:

 

Qaysi biri avvalroq kelishiga qarab foydalanish masofasi 50 000 km dan oshmaganda, avtomobilni birinchi mijoz qabul qilgan kunidan boshlab 24 oydan ortiq bo'lmaganda:

 

 - podveska qismlarining sharovoy sharnirlari;

 - rezina metalli sharnirlar (saylent bloklar);

 - dvigatel, transmissiya tayanchlari;

 - kardan sharnirlari (krestovinlar).

 

Qaysi biri avvalroq kelishiga qarab foydalanish masofasi 20 000 km dan oshmaganda, avtomobilni birinchi mijoz qabul qilgan kunidan boshlab 12 oydan ortiq bo'lmaganda:

1

oldi va orqa podveska amortizatorlari

2

 isitish va konditsioner tizimining qismlari (12 oy davomida yurilgan masofadan qat’iy nazar)

3

ishlangan gazlarni chiqarish tizimi qismlari (katalitik neytralizatordan tashqari);

4

 barcha turdagi kislorod datchiklari

5

barcha turdagi troslar (to'xtab turish tormozi, ilashish muftasi, uzatmalarni o'zgartirish qutisi)

6

 oyna ko'targichlar, oyna tozalagichlar va ko'zgular mexanizmlari va yuritma elektro dvigatellari

7

kuzovning dekorativ qoplama qismlari (kuzov moldinglari, radiator panjarasi qoplamasi, turfa xildagi qoplamalar)

8

alyumin quymalaridan tayyorlangan qismlarning lak-bo'yoq qoplamalari (tom yukxonasi shoxlari, ko'zgular, oynatozalagich dastaklari)

9

 yoqilg'i nasoslari, yoqilg'i sathi datchiklari va yoqilg'i va GBU tizimi forsunkalari (injektor)

10

 salon qoplamasi va ichki qoplama qismlari

11

 audio qurilma

12

akkumulyator batareyalar

13

 tebranish podshipniklari

14

 teng burchak tezligi sharnirlari, orqa ko’prikning

yarim o’qi va differentsiali

15 rul reykalari va nakonechniklari

 

- Transport vositasining tabiiy turdagi eskirish ta’siriga moyil bo‘lgan o‘ziga xos tarkibiy qismlari (tarmoqlari va agregatlari) bo‘yicha*, avtomobilni birinchi xaridorga topshirish kunidan boshlab ko‘pi bilan 3 oy yoki 2500 km dan oshmagan o‘tilgan yo‘li davomida (qaysi biri avvalroq kelishiga qarab) kafolat muddati belgilanadi:

 

1 filtrlar
2 tormoz kolodkalari
3 tormoz disklari va barabanlari
4 ilashish muftasining disklari (friksiyaviy va savatli)
5 ilashish muftasining disklari (friksiyaviy va savatli)
6 motorning osma agregatlarining yuritgich kamarlari
7 oynalar
8 oyna tozalagichlarning cho‘tkalari
9 faralar, fonarlar va plafonlarning chiroqlari
10 saqlagichlar
11 o‘t oldirish kontaktlari
12 salniklar
13 shlanglar va qo‘shimcha naylar
14 rezinali chang yig‘uvchilar, g‘iloflar va vtulkalar
15 old oynaning va orqa oynaning yuvish moslamalari forsunkalari
16 g‘ildirak disklari va dekorativ qalpoqlarining lak-bo‘yoq qoplamasi
17 ishlangan gazlarning katalitik neytrallash moslamasi

 

- Shikastlanish tashqi mexanik va/yoki kimyoviy ta’sir tufayli kelib chiqqan bo‘lsa (masalan, avariya, hayvon yoki o‘simlik materiallari, tuz, do‘l, bo‘ron, suv toshqini, yo‘l shag‘allari, qum, sanoat ifloslanishining ta’sir etishi).

- Yuqorida sanab o‘tilmagan, lekin yuqoridagi holatlarga o‘xshash bo‘lgan holatlarda.

- Odometrda ko‘rsatilayotgan o‘tilgan yo‘l o‘zgartirilgan bo‘lsa, yoki avtomobilning haqiqiy o‘tilgan yo‘lini uzil-kesil aniqlashning imkoni bo‘lmasa.

Shartnoma olish

Jins


Pasport ma'lumotlari

Aloqa ma'lumotlari


images images images

Chevrolet Tahoe

1 039 274 880 so'mdan boshlab

Yanada jasur. Yanada mukammal. Yanada funksional. Yangi Chevrolet Tahoe - afsonaviy hamda yirik o'lchamli yo'ltanlamas, faqat sizga tegishli bo'lgan ta'sirchan kuchning timsoli. Uning dizayni ajoyib, yorqin, kuzovning ifodali chiziqlari bilan ajralib turadi. Avtomobil motori V8 hajmdagi 5.3 litr va 343 ot kuchi bilan quvvatlantirilgan, 10 - pog'onali avtomatik uzatma va moslashuvchan suspenziya bilan birgalikda har qanday yo'lda mustaqillik bir tasvirlab bo’lmas tuyg'u taqdim etadi.

Dvigatel Elektron in'ektsiyali to'rt zarbali benzin, hajmi 5 327 kub kub, transmissiya turi: avtomatik - 10
Tezlashuv 0-100km/soat 8 sekund
Bagaj hajmi 722 / 2056 / 3480 L
Yoqilg'i sarfi 9.6 | 12.6

Avtomobilning tashqi ko'rinishi

Qo'llaringiz band bo'lganda, yangi Chevrolet Tahoe orqa eshigini o'zi ochadi. Allaqachon standart sifatida mavjud bo'lgan qo'lsiz ochiladigan quvvatli orqa eshigi bagajni unga tegmasdan ochishni osonlashtiradi:

shunchaki oyog'ingizni avtomobilning orqa bamperi ostiga suring. Shuningdek, magistral ko'tarish balandligini eslab qolish funktsiyasi bilan jihozlangan - siz yuk eshigi ochilganda siz uchun qulay bo'lgan mahkamlash darajasini belgilashingiz mumkin.

 

LED faralar

Yangi asosiy va orqa LED chiroqlar tufayli hech narsa sizning e'tiboringizdan chetda qolmaydi. Yangi Chevrolet Tahoe da LED optika kunning kechki vaqtida va har qanday havoda optimal tarzda yorita oladi hamda haydovchiga avtomobil boshqarishda imkon qadar ko’proq qulaylik yaratish imkonini beradi. LED faralari avtomatik ravishda ishlaydi, avtomatik ravishda uzoq va yaqin uchun mo’ljallangan chiroqlarni boshqaruvchi IntelliBeam qorong’uda qulay yoritishni ta'minlaydi.
                            

 

Ishonchli ko'rinish

Yangi Chevrolet Tahoe ga bir qarash uning kuchini his qilish uchun yetarli. Jasoratli dizayn, ifodali nisbatlar va kengaytirilgan g'ildirak bazasi-ta'sirchan tasvir uning kuchini va har qanday sinov bilan kurashishga tayyorligini ta'kidlaydi. Yangilangan panjara ishonchli va qat'iy uslubning yorqin elementidir. Yangi Chevrolet Tahoe ko'rinishi bilan yo'ldagi o’zining ustunligini ko'rsatishga tayyor.

 

 

                 Hech qanday harakat qilmaslik

Qo'llaringiz band bo'lganda, yangi Chevrolet Tahoe orqa eshigini o'zi ochadi. Allaqachon standart sifatida mavjud bo'lgan qo'lsiz ochiladigan quvvatli orqa eshigi bagajni unga tegmasdan ochishni osonlashtiradi: shunchaki oyog'ingizni avtomobilning orqa bamperi ostiga suring. Shuningdek, magistral ko'tarish balandligini eslab qolish funktsiyasi bilan jihozlangan - siz yuk eshigi ochilganda siz uchun qulay bo'lgan mahkamlash darajasini belgilashingiz mumkin. 
                            

exterior

Avtomobilning ichki ko'rinishi

Yangi Chevrolet Tahoe nafaqat tashqi ko'rinishida dadil. 343 ot kuchiga ega 5,3 litrli V8 benzinli dvigatel bilan hayratlanarli haydash dinamikasini bo'shating. Va100 km ga 8 soniyada tezlashish bilan. Dinamik yonilg'i boshqaruvi o'zining ajoyib kuchiga qaramay, haydash sharoitlarini kuzatib boradi va yonilg'i sarfini kamaytirish va zamonaviy atrof-muhit qoidalariga javob berish uchun aniq moment nazoratini silindrni o'chirish bilan birlashtiradi. Birlashtirilgan yoqilg'i sarfi 100 km uchun atigi 12,6 litrni tashkil qiladi.

Bose Premium audiosistemasi

Sevimli musiqalaringiz sayohatlaringizda eng yaxshi sifatda sizga hamroh bo’ladi. Yangi Chevrolet Tahoe 9 ta dinamik va sabvuferli Bose Premium audiotizimi bilan jihozlangan.

 

HD 360 aylana kamera

Ikkinchi qatordagi yo’lovchilar uchun mo’ljallangan multimedia tizimi ekranlar va asosiy displeyga yuborilgan navigatsiya ma’lumotlarini ekranlar o'rtasida almashish imkonini beradi.

 

Yo'lovchilar uchun ko'ngilochar tizim

Ikkinchi qatordagi yo’lovchilar uchun mo’ljallangan multimedia tizimi ekranlar va asosiy displeyga yuborilgan navigatsiya ma’lumotlarini ekranlar o'rtasida almashish imkonini beradi.

 

Yangi Chevrolet Tahoe dagi texnologik yechimlar faol va passiv xavfsizlik tizimlarining kompleks yaratilishi imkonini berdi. Avtomobilingiz sizning hamkoringiz bo'lib, u bilan siz yo'lda har qanday vaziyatga tayyor bo'lasiz.

interior

МЕДИА