03/11/2025

3-noyabr kuni Chevrolet Cobalt avtomobillari xaridi uchun onlayn kontraktatsiya jarayoni yakuniga yetdi

Chevrolet Cobalt avtomobillari onlayn kontraktatsiyasi yakunlari.

Jami 100 000 ta shartnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 99 493 tasi One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga, 507 tasi esa yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keladi. Kontraktatsiya jarayoni mobaynida kompaniya Call-markazi orqali 876 mijoz murojaati qabul qilindi. Kontraktatsiya jarayoni mobaynida UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi 560 ta kiberhujumga uchragan. 

Onlayn tizim orqali shartnoma olgan mijozlar 7 kalendar kun ichida shartnoma shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

Shuningdek, onlayn tarzda tuzilgan shartnomalarda maxsus QR-kod mavjud bo‘lishiga etiboringizni qaratamiz, u shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Bunday QR-kodga ega bo‘lmagan shartnomalarga “UzAuto Motors” AJ va Chevrolet rasmiy dilerlari aloqador emas. Mijozlardan diqqatli bo‘lishlarini va shartnoma tuzishda doimo ushbu QR-kod mavjudligini tekshirishlarini so‘raymiz.

Qo‘shimcha ma’lumotni +998 (78) 141-77-77 telefon raqami orqali yoki https://chevrolet.uz/ saytidan olishingiz mumkin.