13/07/2026 48 Yangiliklar
Chevrolet: 200 000 mijoz tanlovi!
Qozogʻistonda Chevrolet avtomobillari savdosi 200 ming donadan oshdi!
Tongda Chevrolet kalitini burayotgan 200 000 nafar haydovchining ishonchi bizning yutugʻimizdir.
Chevrolet ketma-ket 6 yildirki, Qozogʻistonda sotuv boʻyicha yetakchi avtomobil brendi maqomini saqlab kelmoqda. Chevrolet brendi ostidagi har bir model bugun alohida eʼtirofga ega.
Cobaltʼning chidamliligi, Trackerʼning qulayligi va Onixʼning texnologik ustunligi bugun Qozogʻistonda mijozlar tanloviga aylanmoqda.
Olti yil ichida UzAuto Motors va Allur hamkorligi avtomobil sotuvi bilan cheklanmadi. Bir jamoa bo‘lib harakat qildi, ikki mamlakat oʻrtasida ishonch, yaqin do'stlik ko'prigini qurdi.
UzAuto Motors va Allur mutaxassislarining birgalikdagi mehnati bugun Chevrolet Qozog‘istonda sevimli avtomobil markasi bo‘la oldi.
Bizga ishonganingiz va Chevrolet brendini tanlaganingiz uchun qardosh Qozog’iston xalqini e’tirof etgan holda oʻz tashakkurimizni izhor etamiz!