17/10/2025
Chevrolet – 2025-yilda O‘zbekistonning yetakchi yengil avtomobil ishlab chiqaruvchisi!
TAF!25 xalqaro reklama festivalida Chevrolet brendi “O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish yetakchisi” deb topildi. Bu e’tirof kompaniyaning ishonchliligi, sifati va iste’molchilar orasidagi yuqori talabga ega ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi.
Festival davomida mehmonlarga Chevrolet’ning mashhur modellari - zamonaviy Onix, qulay Tracker, yangilangan Cobalt va salobatli Tahoe namoyish etildi.
11-oktabr kuni Anhor karting parkida TAF!25 – Toshkent xalqaro reklama festivali, Markaziy Osiyoda kreativ va marketing kommunikatsiyalari sohasidagi eng yirik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Festivalda reklama, digital va PR agentliklari, shuningdek, kreativ industriyalar va biznes vakillari ishtirok etib, tadbir 2700 dan ortiq mutaxassisni birlashtirdi.
Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Buyuk Britaniya va Singapurdan 72 spiker brending, dizayn, kreativ, digital, ta’lim, PR va ESG yo‘nalishlarida tajriba almashdi.
TAF!25 esa mintaqaning kreativ sohasida yangi g‘oyalar va hamkorliklar uchun muhim maydonga aylandi.