04/11/2026     31     Yangiliklar

Chevrolet Cobalt va Damas: InfinBANK bilan avtomobil xaridi uchun qulay imkoniyatlar

Chevrolet Cobalt va Damas: InfinBANK bilan avtomobil xaridi uchun qulay imkoniyatlar

Chevrolet Cobalt va Damas: InfinBANK bilan avtomobil xaridi uchun qulay imkoniyatlar

Chevrolet Cobalt’ni InfinBANK bilan 60% boshlang‘ich to‘lov bilan 24 oyga foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

Damas uchun esa 25% boshlang‘ich to‘lov bilan 27 oyga yoki 50% boshlang‘ich to‘lov bilan 48 oyga foizsiz qulay shartlarni tanlang.

UzAuto Motors va InfinBANK Cobalt hamda Damas avtomobillarini xarid qilishni rejalashtirayotgan mijozlarga boshlang‘ich to‘lov va to‘lov muddatini o‘z imkoniyatlariga mos tanlash imkonini beruvchi taklifni taqdim etadi.

Chevrolet Cobalt uchun xaridida avtomobil narxining 60% ini oldindan to‘lab, qolgan 40% ini 24 oy davomida foizsiz bo‘lib to‘lashingiz mumkin.

Qisqa muddatda to‘lab bo‘lishni istaganlar uchun ham foizsiz to‘lov imkoniyati bor: 30%, 40% yoki 50% boshlang‘ich to‘lov qiling va qolgan summani 12 oy davomida foizsiz to‘lang.

Boshlang‘ich to‘lovni kamroq miqdorda amalga oshirishni rejalashtirgan xaridorlar uchun esa 25% dan boshlanadigan 60 oygacha qulay moliyalashtirish shartlari taklif etiladi. Bunda foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov va tanlangan muddatga qarab belgilanadi.

Damas tadbirkorlik rejalaringiz uchun amaliy yechim

Yuk tashish, mahsulot yetkazib berish yoki kundalik ish jarayonlari uchun Damas xaridini boshlang‘ich to‘lov miqdoriga qarab foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin.

25% boshlang‘ich to‘lov bilan – 27 oyga
30% boshlang‘ich to‘lov bilan – 30 oyga
40% boshlang‘ich to‘lov bilan – 36 oyga
50% boshlang‘ich to‘lov bilan – 48 oyga
60% boshlang‘ich to‘lov bilan – 60 oyga

O‘zingizga mos avtomobil va to‘lov shartlarini tanlang!

Batafsil ma’lumot hamda xaridni rasmiylashtirish shartlari uchun Chevrolet rasmiy dilerlik markazlariga yoki InfinBANK’ka murojaat qiling.

Moliyalashtirish shartlari bank tomonidan belgilanadi.