18/09/2025

Chevrolet Onix milliy chempionat bosqichida sportchilarning ishonchli hamrohi

13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi ochiq chempionati “Kartingslalom gymkhana” V bosqichi bo‘lib o‘tdi.  Sportchilar maxsus jihozlangan trassada Chevrolet Onix avtomobilida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazishdi. Onix o‘zining yengil boshqaruvi, yuqori aniqligi, zamonaviy texnologiyalari va dinamik tezkorligi bilan har bir burilishda o‘zini yorqin namoyon qildi. Onix’ning xavfsizlik tizimlari va innovatsion yechimlari ishonch va barqarorlikni ta'minladi. Tomoshabinlar esa Chevrolet Onixning imkoniyatlarini sportchilar mahorati bilan uyg‘unlikda kuzatib, unutilmas taassurotlar olishdi.