13/08/2025
UzAuto Motors Chevrolet Onix*, Tracker* va Damas avtomobillarini xarid qilmoqchi bo‘lgan mijozlar uchun tanlov erkinligini oshirish maqsadida banklar bilan hamkorlik doirasini kengaytirishda davom etmoqda va ushbu yo‘nalishda Garant bank bilan yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yganligini ma’lum qiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar, YaTT uchun shartlar:
Boshlang‘ich to‘lov – 20% dan boshlab 70% gacha;
Foiz stavkasi** – 0% dan boshlab 19% gacha;
Muddati – 13 oydan boshlab 60 oygacha.
O‘z-o‘zini band qilgan fuqarolar uchun shartlar:
Boshlang‘ich to‘lov – 25% dan boshlab 70% gacha;
Foiz stavkasi** – 0% dan boshlab 18,5% gacha;
Muddati – 13 oydan boshlab 60 oygacha.
Kredit berish shartlari Garant bank tomonidan belgilanadi. Batafsil ma’lumot olish uchun Garant bankning rasmiy saytiga tashrif buyuring yoki 1326 qisqa telefon raqamiga murojaat qiling.
*Chegirmasiz narxlarda amalga oshiriladi.
**Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov va muddatidan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin.