26/10/2022

"Driver’s Village" avtomarkazida xorijlik mutaxassis

"Driver’s Village" Аvtomarkazi xorijlik mutaxassis Kulabuxov Аlekseyning tijorat direktori lavozimiga tayinlanganligini maʼlum qiladi.

 

Аleksey Kulabuxov koʼp yillar davomida RENAULT, KIА kabi kompaniyalarda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. Kulabuxov Аleksey avtomobil savdosi sohasida koʼp yillik tajribaga ega boʼlgan mutaxassis hisoblanadi.

 

Taʼkidlash joizki, Аleksey Kulabuxovning asosiy vazifasi " Drivers Village " avtomarkazi faoliyatini oʼrganish va rivojlantirishning yangi bosqichiga oʼtish, mijozlarimizga koʼrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashda chet el tajribasini bosqichma-bosqich joriy etish boʼladi.