04/08/2023
31 iyul kuni Toshkentdagi Driverʼs Village avtosalonida o‘zbek avtobozoridagi yangi avtobrendning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda kompaniyaning koreyalik hamkorlari ham ishtirok etishdi.
Toshkentdagi Driverʼs Village avtosaloni Koreyaning avtomobil ishlab chiqarishda yetakchilardan biri bo‘lgan: SsangYong kompaniyasi avtomobillari sotuvini boshladi.
Ayni paytda sotuvda Rexton premium ramali yo‘ltanlamasi, Musso pikapi, Korando, Torres va Tivoli avtomobillari bor.
“Bizning Rexton premium ramali yo‘ltanlamasi, Musso pikapi, Korando, Torres va Tivoli avtomobillarimiz, O‘zbekistondagi distribyutorimiz - Driverʼs Village kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotganidan juda xursandmiz. Driverʼs Village bizning haqiqiy hamkorimiz sifatida ajoyib yutuqlarga erisha oldi va brendimizning qo‘shni mamlakatlarda ham tanilishiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi” – deydi Koreyaning SsangYong avtokonserni rahbari Le Yun Jaye.
Rexton- hashamat va kuch timsoli:
Ulug‘vor Rexton premium bilan hashamat va kuchning timsolini his etish mumkin. Ishonch bilan boshqaruvni qo‘lga olib, mashaqqatli masofani oson zabt eting va u taqdim etgan yuqori darajadagi qulaylikdan zavqlaning.
Musso - kuch va ko‘p qirralilik birlashgan:
Musso pikapida har qanday sarguzashtni osonlik va ko‘p qirralilik bilan qabul qiling. Sayohatlaringiz yana-da qiziqarli va unutilmas bo‘lishi uchun Musso tengsiz hamroh bo‘la oladi.
Korando - dinamika va o‘zgacha uslub:
Zamonaviy Korando taʼsirchanlik nuqtai nazaridan har bir lahzaga jo‘shqinlik baxsh etadi. Undagi hashamatli dizayn va o‘zgacha interyer bilan yo‘l bosish mashaqqat emas rohatga aylanadi. Dvigatelning silliq harakati xotirjamlik uchun garov hisoblanadi.
Torres - xarizmangizni ochish uchun imkoniyat:
Xarizmatik Torres bilan har bir sayohatda yangicha bayonot berish mumkin. O‘z uslubi va isteʼdodi bilan ajralib turadigan avtomobil haydovchi tajribasini yangi bosqichga ko‘taradi.
Tivoli - erkinlik va epchillikni istaganlar uchun:
Chaqqon va dinamik Tivoli bilan avtomobil yorqinligining yangi darajasini his etasiz. Avtomobil innovatsiya, muhandislik mukammalligi va unutilmas tajribani taqdim etish majburiyatidan dalolat beradi.
Driverʼs Village sizga munosibini taklif qilishdan faxrlanadi. Bu yerda SsangYong‘dan yangi kolleksiya sizni kutmoqda. Tajribali mutaxassislar sizga mosini ko‘rsatishda o‘z maslahatlarini ayamaydi.
Maʼlumot uchun: SsangYong Motor Company 1954 yilda tashkil etilgan va o‘z faoliyatini boshida harbiy yo‘ltanlamas avtomobillarni ishlab chiqarishdan boshlangan Koreya avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi hisoblanadi. Driverʼs Village kompaniyasi joriy yil boshida mazkur avtokonsern bilan O‘zbekistonga SsangYong avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.