07/07/2026 22 Yangiliklar
Chevrolet Tahoe ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan Suburban High Country xuddi shu kuchli jihatlarni o‘zida mujassam etgan: kuchli dvigatel, ishonchli dinamika va zamonaviy xavfsizlik texnologiyalari. Shu bilan birga, yangi model yanada ko‘proq makon taqdim etadi. Uzaytirilgan g‘ildirak bazasi va keng kuzov Chevrolet Suburban’ni oila, yo‘lovchilar va yuklar uchun ko‘proq joy muhim bo‘lganlar uchun ideal tanlovga aylantiradi.

Suburban High Country 6,2 litr hajmli V8 atmosferali benzin dvigateli bilan jihozlangan. Dvigatelning maksimal quvvati 420 ot kuchini tashkil etadi va har qanday yoʻlda ishonchli tezlanish hamda barqaror harakatni taʼminlaydi. U 10 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi va to‘liq uzatma tizimi bilan birgalikda ishlaydi.

Yo‘ltanlamas adaptiv pnevmatik osma tizimi bilan jihozlangan. Avtomobil elektron barqarorlikni nazorat qilish tizimi (ESC), sirpanishga qarshi tizim (TCS), tormoz kuchini elektron taqsimlash tizimi (EBD), piyodalarni aniqlash tizimi, avtomatik tormozlash, harakat yo‘lagida ushlab turish tizimi hamda ko‘rinmas nuqtalarni monitoring qilish kabi zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan.

Interyer 17,7 dyuymli rangli multimedia ekran jihozlangan. Head-Up Display proyeksion displeyiva 11 dyuymli rangli qurilmalar paneli bilan birgalikda haydovchini avtomobil va yo‘l holati haqida barcha zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.

Kattalashtirilgan o‘lchamlari tufayli uzunligi 5748 mm, kengligi 2058 mm, balandligi 1934 mm, g‘ildirak bazasi (3407 mm) Suburban High Country’ga 7 o‘rindiqli keng salon va sig‘imi katta yukxonalardan birini taqdim etadi.

Suburban’ning uchinchi qator o‘rindiqlari hatto kattalar uchun ham qulay. Kengaytirilgan interyer uni katta oilalar, xizmat safarlari, uzoq yo‘lga sayohatlar va faol turmush tarsi uchun juda mos avtomobilga aylantiradi. Bu, ayniqsa Tahoe imkoniyatlariga o‘rgangan, ammo yanada kengroq avtomobilni xohlaydiganlar uchun muhimdir.
Chevrolet Suburban High Country avtomobilini tanlab, siz haqiqiy Amerika yo‘ltanlamasiga xos xarakterni, biroq yanada kengroq va funksionalroq ko‘rinishda qo‘lga kiritasiz.
Chevrolet Suburban High Country avtomobilining tavsiya etilgan chakana narxi 1 485 100 000 so‘m.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni UzAuto Motors call-markazidan +998 78 141 7777 telefoni orqali, chevrolet.uz rasmiy sayti hamda Chevrolet’ning rasmiy dilerlik markazlaridan olishingiz mumkin.