27/04/2026     43     Yangiliklar

UzAuto Motors Markaziy Osiyoda pozitsiyasini kengaytirmoqda: Chevrolet Tahoe va Damas Qirg‘iziston Respublikasi mijozlari uchun taqdim etildi

UzAuto Motors Markaziy Osiyoda pozitsiyasini kengaytirmoqda: Chevrolet Tahoe va Damas Qirg‘iziston Respublikasi mijozlari uchun taqdim etildi

Bishkek shahrida UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tahoe va Chevrolet Damas avtomobillarining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbir kompaniyaning mintaqaviy rivojlanish strategiyasini amalga oshirish hamda Markaziy Osiyo bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim bosqich bo‘ldi.

Taqdimot doirasida turli iste’molchi segmentlariga mo‘ljallangan ikki asosiy model namoyish etildi. Chevrolet Tahoe zamonaviy texnologiyalar, yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlikni o‘zida mujassam etgan premium toifadagi yo‘ltanlamas avtomobil. Chevrolet Damas esa ixcham tijorat avtomobili bo‘lib, amaliyligi, tejamkorligi va ishonchliligi bilan kichik va o‘rta biznes vakillari orasida yuqori talabga ega.

Kompaniya Qirg‘iziston Respublikasidagi hamkorlariga tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va mahsulotlarni bozorga muvaffaqiyatli olib chiqishda qo‘llab-quvvatlaganligi uchun minnatdorchilik bildiradi.