26/11/2025     53     Yangiliklar

Chevrolet dilerlik korxonalari xodimlari uchun komplayens bo‘yicha o‘quv treninglari o‘tkazildi

“Uzauto Motors” AJ Komplayens xizmati tomonidan Chevrolet dilerlari “Driver’s Village” MCHJ va “Green Cars Motors” MCHJ xodimlari uchun amaliy o‘quv treninglarini tashkil etildi. 

Tadbir dilerlik tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni komplayens talablari va korporativ siyosatlar bilan yanada chuqurroq tanishtirishga qaratildi.

Trening davomida ishtirokchilarga odob-axloq me’yorlari, korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashish siyosati, shuningdek xalqaro sanksiyalarga oid ichki tartiblar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. 

“Driver’s Village” MCHJ hamda “Green Cars Motors” MCHJ jamoasi mijozlar bilan samarali muloqot yuritish etikasi, xizmat vazifasini vijdonan bajarish va jamiyat manfaatlariga sodiqlik kabi mavzularda amaliy ko‘nikma malakalarini oshirishdi.

Shu bilan birga, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, shubhali holatlarni aniqlash va ularni belgilangan tartibda xabar qilish mexanizmlari yuzasidan ham fikr almashildi. Trening yakunida ochiq muloqot va savol-javob sessiyasi o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutaxassislarning batafsil javoblar olishdi.

Hurmatli mijozlar!

Agar siz rasmiy dilerlik korxonalarida korrupsiya, noqonuniy yoki nojo‘ya harakatlarga duch kelsangiz yoki xabar topsangiz bu haqda Komplayens xizmatining quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingiz mumkin:

 

Telefon: 998 78 140 56 30

E-mail: compliance@uzautomotors.uz

Telegram-bot: t.me/uzautomotors_compliance_bot

 

Eslatma: Murojaat yo‘llagan shaxsning shaxsi sir tutilishi hamda hech qanday bosim yoki ta’qibga uchramasligi to‘liq kafolatlanadi.